Salom, men Azimjon Abdurasulov — iOS & Apple tizimlari muhandisi va App Store nashr bo'yicha mutaxassisman. App Store'ga 30+ ilova chiqarganman va 100 dan ortiq murakkab App Review qiyinchiliklarini yechib, g'oyalarni kafolatlangan relizga aylantiraman.
Men haqimda
Dasturiy ta'minot va iOS muhandisi: qariyb 5 yillik tijoriy iOS tajriba (2022-yildan), IT sohasida — 2020-yildan. iPhone, iPad va Mac uchun yuqori unumdor nativ ilovalar, shuningdek zamonaviy full-stack veb-platformalar va backend tizimlarini yarataman. Swift, SwiftUI, UIKit, MVVM, Clean Architecture, Swift Concurrency va offline-first ma'lumotlar bilan ishlashga ixtisoslashganman.
Shuningdek, App Store Publishing & Review Consulting bo'yicha amaliy ekspertman — 30+ ilovani App Store'da muvaffaqiyatli nashr etganman va 100+ dan ortiq qiyin App Review hamda rad etilish (rejection) holatlarini yechganman. Apple Developer akkauntlarini to'liq boshqarish (ASC, D-U-N-S, sertifikatlar, huquqiy hujjatlar va apellyatsiyalar) bo'yicha chuqur tajribaga egaman. VIPADS LLC'da Novagram loyihasini (280 ming foydalanuvchi, 42+ yangi funksiya) boshqarganman, OddiyTV ilovasini esa noldan ishlab chiqib ishga tushish tezligini ~30% oshirganman.
Nativ mobil dasturlashdan tashqari: mustahkam backend, frontend platformalar, yuqori yuklamali Telegram botlar, Telegram Mini Apps (TMA) va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish skriptlarini yarataman. Dasturlashda AI Agent Coding va Vibe Coding (Cursor, Claude Code, Gemini va OpenAI API) vositalaridan faol foydalanib, sifatli dasturlarni 10x tezlikda yetkazib beraman. Shu bilan birga, o'zbek tilidagi bepul 88 darslik iOS kursi muallifiman.
App Store Publishing & Review Consulting
30+ ilova nashr etilgan, 100+ review & reject muammolari hal qilingan. ASC, D-U-N-S, Apple qoidalari va apellyatsiyalar.
Full-Stack va Tizimli Muhandislik
Nativ iOS, keng ko'lamli veb-platformalar, backend, Telegram botlar, TMA va biznes avtomatizatsiyasi.
AI Agentic va Vibe Coding
Cursor, Claude Code, Gemini API va ko'p agentli ish oqimlari orqali tezkor va ishonchli mahsulot yaratish.
Ish Tajribasi
Dasturiy Muhandis — CodingTech
Mar 2026 — Hozir
Biznes avtomatlashtirish yechimlari va mobil ilovalar yaratish. Loyihalar uchun tech stack tanlash, iOS/macOS ilovalar ishlab chiqish va App Store'ga nashr qilish. Arxitekturadan yetkazib berishgacha to'liq mahsulot siklida ishlash.
iOS Dasturchi — ZBEKZ GROUP
Avg 2025 — Fev 2026
Toshkent Metro ilovasini SwiftUI, RevenueCat, SwiftData va Apple Maps bilan qayta yozdim. CleanerKit — dublikat aniqlash va video siqish bilan storage boshqaruv ilovasini yaratdim. iOS/macOS ilovalarni arxitekturadan App Store nashr qilishgacha to'liq hayot sikli bo'yicha boshqardim.
Bosh iOS Muhandis — Oddiy Hayot LLC
Avg 2024 — Avg 2025
iOS, iPadOS va macOS uchun SwiftData va async networking yordamida yagona SwiftUI ilovasini arxitektura qildim. Parallellik optimizatsiyalari orqali ilova ishga tushish samaradorligini ~30% yaxshiladim. Krossplatforma TV/veb ishlanma va backend asboblariga hissa qo'shdim.
iOS Dasturchi — Islom Sivilizatsiya Markazi
Avg 2024 — Sen 2024
Islom Sivilizatsiya Markazi uchun SwiftUI ilova (QYMD Reyestri) ni Figma dizaynlari va API spetsifikatsiyalari asosida Alamofire va Swift Concurrency yordamida ishlab chiqdim.
Dasturchi & PM — GTSoon Agency
Iyul 2023 — Okt 2024
iOS loyihalar uchun dasturlash jamoasini boshqardim. Ko'p mijozlar uchun mobil, veb va desktop ilovalarni loyiha qildim va boshqardim.
iOS Dasturchi — 1SONiA LLC
Iyul 2023 — Avg 2024
UIKit kodni SwiftUI'ga migratsiya qildim, kengaytirilishni va qo'llab-quvvatlashni yaxshiladim. Kod ko'rib chiqish, qo'lda UI/API testing va analitika uchun event tracking integratsiyasi.
iOS Dasturchi — Business Man Seal
Yan 2022 — Iyul 2023
Swift, UIKit va SwiftUI yordamida maxsus iOS ilovalar ishlab chiqdim. Facebook SDK kabi uchinchi tomon kutubxonalarini integratisya qildim. Birinchi professional iOS lavozimi.